1-mart - Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavallud topgan kun!

    О‘zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat va davlat arbobi Zulfiya Israilova tavalludining 109 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyoboni me’morial-bog‘ majmuasida tashkil etilgan bayram tadbirida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Dizayn fakulteti talabalari tyutorlar boshchiligida ishtirok etishdi.

    

    Tadbirda fakultetning Sanoat dizayni yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Xonzodaxon Farxodova shoira ijodiga mansub she’rlar bilan chiqish qilib tashkilotchilar tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi.

    Sheʼriyat malikasining hayot yo'li barcha zamonlar avlodi uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli boʻlib qolaveradi.